Husiylar Yaman yaqinida AQShning uchuvchisiz samolyotini urib tushirdi

    Husiylar Yaman yaqinida Amerikaning MQ-9 uchuvchisiz samolyotini urib tushirdi. Jangarilar zarba berish uchun “Yer-havo” raketasidan foydalangan. Bu haqda Reuters amerikalik rasmiylarga tayanib xabar bermoqda.

    Qayd etilishicha, General Atomics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Amerikaning uchuvchisiz samolyoti 19-fevral kuni Xudeyda yaqinida urib tushirilgan. Dron xalqaro havo hududida bo'lgan-bo'lmaganiga aniqlik kiritilmagan.

    Rasmiylardan birining so'zlariga ko'ra, dron Hudeyda hududidan otilgan “yer-havo” rusumidagi raketa bilan urib tushirilgan, deb xabar beradi korrespondent.net.