Hyundai Rotem Oʻzbekistonga yuqori tezlikdagi poyezdlarining birinchi partiyasini joʻnatdi

    Poyezdga “Jaloliddin Manguberdi” nomi berilgan.

    Janubiy Koreyaning Changvon shahridagi Masan portida Oʻzbekiston uchun ishlab chiqarilgan Hyundai Rotem yuqori tezlikdagi poyezdlari birinchi partiyasini rasmiy joʻnatish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Marosimda Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi, Koreya hukumati vakillari va Hyundai Rotem rahbarlari ishtirok etdi, deya xabar beradi transport vazirligi axborot xizmati.

    “Jaloliddin Manguberdi” nomi berilgan Oʻzbekistonning yangi yuqori tezlikdagi temir yoʻl parkining birinchi poyezdi Hyundai Rotem tomonidan Oʻzbekiston temir yoʻllari bilan 2024-yil iyun oyida imzolangan shartnoma doirasida ishlab chiqarildi.