Bunga sabab nimada? Sabab shundaki, olimning ishlanmasi tayyor bo‘lgan paytda bozor o‘zgargan, iqlim o‘zgargan, asosiy foydalanuvchining ehtiyoji o‘zgargan bo‘ladi.

Baʼzan olim tomonidan taklif qilinayotgan yangi ilmiy mahsulot o‘xshash, ko‘pincha xorijiy takliflarga nisbatan qimmat bo‘ladi. Eng qiyini, tarmoqda yangi mahsulotni olimdan boshqa tushunadigan va samarali ishlatadigan mutaxassisning o‘zi bo‘lmasligi mumkin.

Xo‘sh, buning yechimi bormi, bo‘lsa qanday? Agar ushbu savollar javobi sizga ham qiziq bo‘lsa, Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonovning “Yangi O‘zbekiston” gazetasining navbatdagi sonida chop etiladigan “Quyidan – ilm cho‘qqisiga: innovatsiyaning yangi zanjiri yoxud grant, olim, xonadon, fermer va bozorni birlashtiradigan ilmiy tizim haqida” maqolasini o‘qing.