Joylarda odamlarni ezgu maqsadlar yoʻlida birlashtirayotgan nuroniylar va mahalla faollari, xalq osoyishtaligi hamda Vatan tinchligini taʼminlayotgan harbiylar va huquq-tartibot xodimlarining jasorati alohida qayd etildi.
– Bir soʻz bilan aytganda, Yangi Oʻzbekistonning eng katta natijasi, bu oʻzgargan inson, oʻz kuchiga ishongan fuqaro, ertangi kunga daxldorligini his qilayotgan jamiyatdir! – dedi mamlakatimiz yetakchisi.
Fidoyi va bunyodkor vatandoshlarimiz, mustaqillikning eng katta kuchi va tayanchi boʻlgan butun xalqimizga chuqur minnatdorchilik bildirildi.
Prezidentimiz inson qadri ulugʻlangan, adolat va taraqqiyotga tayangan Yangi Oʻzbekistonni barpo etish yoʻlidan xalq bilan birgalikda dadil borilayotganini taʼkidladi.