IBA rahbari Umar Kremlyov boks afsonasiga maxsus sertifikat hamda Malibu 2 avtomobilini sovgʻa qildi va boks oilasi nomidan uning mehnatiga minnatdorchilik bildirdi.

Avvalroq, aniqrogʻi Toshkentda oʻtkazilgan jahon chempionati davomida Kremlyov Rufat Risqiyevni koʻrish maqsadida kasalxonaga borib, esdalik uchun chempionlik kamari topshirgandi. Shuningdek, IBA tomonidan umrbod 1000 dollar maosh ham tayinlangan edi.