Shu yil 16-27-yanvar kunlari Tailandning Bangkok shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan 22 yoshgacha bokschilar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oldidan eʼlon qilingan 17 ta vazn toifasidan iborat ushbu reytingda Qozogʻiston bizdan oʻtib ketganiga guvoh boʻlishingiz mumkin.

Yangilangan roʻyxatda Qozogʻiston jahon reytingi peshqadami boʻlib olgan. Oʻzbekiston qoʻshnilarimizdan keyingi ikkinchi oʻringa pastlagan boʻlsa, Hindiston uchinchi pogʻonaga joylashgan. Top-10 reytingidan AQSH, Turkiya, Meksika, Braziliya, Jazoir, Kuba va Irlandiya terma jamoalari joy olgan.