Eʼtiborlisi, superogʻir vazn toifasidagi bokschimiz, havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov hamda soʻnggi jangida magʻlubiyatga uchragan Shohjahon Ergashev Top-15 reytingini tark etdi. Jalolov ham, Ergashev ham oʻtgan oy 13-oʻrinda qayd etilgandi.
Reytingda 2 nafar bokschimiz qoldi:
Birinchi yarim yengil vazn toifasida (55,3 kg) Murodjon Ahmadaliyev 4-oʻrinda qayd etildi;
Yarim oʻrta vazn toifasida (66,6 kg) Shahram Gʻiyosov 10-oʻrinni egalladi.