Astronomlarning taxminiga ko'ra, kometa muzdan iborat. Osmon jismining diametri 30 kilometr va Everest tog'idan uch baravar katta. U Quyosh tomonidan isitiladigan uglevodorodlar va gazlarga ega.
Qayd etilishicha, kometadagi birinchi portlash 2023-yilning 20-iyulida muz vulqonlari ta'sirida sodir bo'lgan. Shu sababli u yonib ketdi va avvalgidan 100 marta yorqinroq bo'ldi, shuningdek, chekkalarida ikkita “shox” paydo bo'ldi.
Kometaning Yer bilan to'qnashuvi 1908-yilda taygada Tunguska meteoritining qulab tushganidan-da yomonroq oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Mutaxassislarning fikricha, osmon jismi 2024-yil iyun oyida Yer yonidan 144 million kilometr masofada uchib o'tadi. 12P/Pons-Brooks o'z yo'nalishidan chetga chiqib, sayyoraga qulab tushishi ham mumkin. Bu uning yadrosidan uglevodorodlarning chiqib ketishi tufayli sodir bo'lishi mumkin, bu esa kuchli reaktiv zarbani yuzaga keltiradi, deb xabar beradi aif.ru.