Tashkilotning asosiy maqsadi – oʻzbekistonlik til oʻrganuvchilariga xorijiy tillarni, xorijliklarga oʻzbek tilini tizimli va kreativ usulda oʻrgatish, sohaga doir oʻquv qoʻllanmalar, dasturlar, elektron va bosma darsliklar yaratish, yoshlarni bilim olishga undovchi videomahsulotlar ishlab chiqarishdan iborat.
Tashkilot quyidagi vazifalarni oʻz oldiga qoʻygan:
- dunyo tillarini oʻzbek tili orqali oʻrgatishni qoʻllab-quvvatlash;
- oʻzbekistonlik yoshlarning savodxonlik darajasini oshirish va xorijiy tillarni oʻrganishni taʼminlash;
- xorijiy mamlakatlarda faoliyat olib boruvchi taʼlim muassasalari, til maktablari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
- tillar marafonini tashkil etish va bu orqali har bir tilni loyiha doirasida mukammal egallagan foydalanuvchilarni izlab topish, ragʻbatlantirish va boshqalar.