Sudyalar oliy kengashi qarori ko'ra, tizim tarixida birinchi marta odil sudlovga erishishdagi ko'rsatkichlari barobarida o'zining chuqur bilimi hamda ma'naviy fazilatlari bilan kasbdoshlariga namuna bo'layotgan 16 nafar sudya “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirladi. Bu haqida Sudyalar oliy kengashi axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lumki, Davlat rahbarining 2020-yil 7-dekabrdagi “Sud`yalarning chinakam mustaqilligini ta'minlash hamda sud tizimida korruptsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni bilan sohada ochiqlik va shaffoflikni ta'minlashga qaratilgan qator o'zgarishlar  joriy etilib, jumladan, odil sudlovni amalga oshirishda yuqori reyting ko'rsatkichga ega bo'lgan sudyalarni “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlash belgilangan edi.

E'tiborlisi, mukofotga sazovor bo'lganlar orasida Oliy suddan to tuman sudi sudyalarigacha bor. Bu nomzodlarni saralashda xolislik va ochiqlik ustuvor ahamiyat kasb etganini yaqqol ko'rsatadi.

Onlayn marosimda mukofotlar o'z egalariga tantanali ravishda topshirildi.