Futbol bo'yicha Rossiya chempionatining 6-turida Ekaterinburgda mahalliy  “Ural” jamoasi  “Nijniy Novgorod” klubini qabul qildi. Keskin kurashlar ostida o'tgan o'yinning 79-daqiqasida o'zbekistonlik himoyachi Ibrohimxalil Yo'ldoshev hisobni ochdi.

Shundan so'ng mezbonlar qanchalik harakat qilmasin tablodagi raqamlar o'zgarmadi. Imrohimxalilning yagona gol mehmonlarga g'alaba keltirdi.