Shu yilning 16-aprel kuni soat 01:10 larda Saratov viloyatining “Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki” trassasining 519 km.da Lada Largus rusumli avtomashina YTHga uchradi.

Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, mashinada Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan.

Ushbu YTH oqibatida, 1987-yilda tugʻilgan 1 nafar Oʻzbekiston fuqarosi K.F. voqea joyida vafot etgan va 5 nafar vatandoshlari turli tan jarohati bilan tuman shifoxonasiga joylashtirildi.

Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ushbu holatni nazoratga olganini maʼlum qildi. Saratov viloyati vakolatli va mutasaddi idoralar bilan aloqa oʻrnatilib, vafot etgan fuqaroni jasadi vatanga qaytarish ishlari bilan bogʻliq jarayonlar boshlandi, jabrlanganlarga tibbiy muolaja koʻrsatib kelinmoqda.