Ushbu loyihalar Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining jami 370,0 mln. dollar miqdoridagi qarz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyihalar Xorazm (2 ta), Namangan (2 ta), Qashqadaryo (1 ta), viloyatlari hamda Toshkent shahrida (1 ta) amalga oshirilmoqda.
Bular:
I. “Xorazm viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi – umumiy qiymati 74,64 mln. dollar.
Ushbu loyiha quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
- 60,0 mln. doll. (80,4%) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablagʻlari;
- 14,6 mln. doll. (19,6%) davlat byudjeti mablagʻlari.
Loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar
Suv taʼminoti boʻyicha:
- Urganch shahri, Bogʻot, Shovot, Gurlan, Xonqa tumanlarida suv tozalash inshootlarini, shu jumladan xlorlash va nasos stansiyalarini rekonstruksiya qilish;
- maishiy isteʼmolchilar uchun va suv taʼminoti tarmoqlarida texnologik nazorat uchun suv hisoblagichlarni yetkazib berish va oʻrnatish;
- suv oqimi va suv taʼminoti tarmoqlaridagi bosimni masofadan kuzatishni tashkil etish.
Oqava suv tizimi boʻyicha:
- Urganch, Xiva va Pitnak shaharlarida oqava suv tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish;
- oqava suv inshotlarini qurish nazarda tutilgan.
Loyiha amalga oshirish natijasida 800 ming nafar aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.
Loyihaning bugungi holati
Ayni paytda ushbu loyiha doirasida umumiy qiymati 3,0 mln. dollarga teng boʻlgan 1 ta shartnoma imzolangan. Ushbu shartnoma konsalting xizmatlari koʻrsatish maqsadida tuzilgan va bugungi kunda shartnoma doirasida belgilangan tadbirlar davom ettirilmoqda.
Hozirgi kunda Buyuk Britaniyaning “Mott MacDonald” kompaniyasi shartnomaga muvofiq tender hujjatlarini tayyorlash, maʼlumotlar yigʻish va loyihalash ishlarini olib bormoqda.
II. “Xorazm viloyatining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi – umumiy qiymati 114,5 mln. doll.
Ushbu loyiha quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirilmoqda:
- 90,0 mln. dollar (78,6%) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablagʻlari;
- 24,5 mln. dollar (21,4%) davlat byudjeti mablagʻlari.
Loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar
- rekonstruksiya qilishning ikkinchi bosqichida Urganch, Pitnak, Xiva shaharlarida oqova suv tozalash inshootlarini qurish;
- mavjud boʻlgan oqova suv tizimlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish hamda yangi oqova suv tizimlarini nasos stansiyalarini qurish;
- yangi oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va qurish;
- Gurlan shahrida yangi oqova suv tizimini qurish;
- dizayn va tadqiqot ishlari, gidravlik modellashtirish, SCADA tizimini joriy etish, maxsus uskunalar xarid qilish.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida Urganch, Xiva, Pitnak shaharlari hamda Gurlan tuman markazi aholisini oqava suv taʼminoti yaxshilanadi.
Loyihaning bugungi holati
Bugungi kunga qadar texnik-moliyaviy qismlarni baholash ishlari tugatilib, baholash hisoboti xaridlar komissiyasi va YETTB bilan kelishilgan.
Joriy yilning 18-aprel kuni xalqaro konsultantni tanlash uchun tender tanlovi yakunlanib, unda Fransiyaning “Egis International” konsalting kompaniyasi gʻolib deb topildi.
III. “Namangan viloyatining suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish" loyihasi – umumiy qiymati 74,6 mln. doll.
Ushbu loyiha quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
- 60,0 mln. dollar (80%) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablagʻlari;
- 14,6 mln. dollar (20%) davlat byudjeti mablagʻlari.
Loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar
Namangan shahri boʻyicha:
- suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarining geoaxborot tizimi hamda gidravlik modelini yaratish;
- suv taʼminoti inshootlarida nasos qurilmalari, elektrodvigatellar va boshqa jixozlarni masofadan boshqarish orqali nazorat qilishni tashkil etish (SCADE tizimini joriy etish);
- ichimlik suvi va oqava suvlar sifatini tekshirish va nazorat qiluvchi yangi markaziy laboratoriya binosini qurish;
- faoliyat uchun zarur boʻlgan yangi maxsus mexanizm va jixozlarni sotib olish (jami 18 dona);
- Faoliyat uchun zarur boʻlgan yangi maxsus texnikalarni sotib olish (jami 8 dona);
- Namangan shahridagi quvvati 5 ming m3/sutkadan 85 ming m3/sutkagacha boʻlgan jami 11 ta suvni qayta uzatish inshootlaridagi (“Paxtalikkul”, “Oromgox”, “Mingchinor”, “Gʻirvonsoy”, “Qoʻqimboy”, “Nurobod”, “Toʻquvchi”, “Angor”, “Orzu”, “Rovuston”, “Mustaqillik”) nasos qurilmalarini modernizatsiya qilish.
Uychi tumani boʻyicha:
- “Qizilrovot” suv tozalash va uzatish inshootida suvni zararsizlantirish uchun gipoxlorit-natriy ishlab chiqaruvchi qurilmani sotib olish, oʻrnatish va ishga tushirish.
- “Jiydakapa” suv olish va uzatish inshootidagi mavjud 49 ta suv quduqlari hamda inshootdagi 2-suv koʻtarish nasos qurilmalarini rekonstruksiya qilish.
Pop tumani boʻyicha:
- Pop shahridagi quvvati 4,2 ming m3/sutka boʻlgan oqava suvlarni tozalash inshootini rekonstruksiya qilish.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida 600 ming kishidan ortiq aholining ichimlik suv va oqova suv taʼminoti yaxshilanadi.
Loyihaning bugungi holati
Ayni paytda ushbu loyiha doirasida umumiy qiymati 3,8 mln. dollarga teng boʻlgan 1 ta shartnoma imzolangan. Ushbu shartnoma konsalting xizmatlari koʻrsatish maqsadida tuzilgan va bugungi kunda shartnoma doirasida belgilangan tadbirlar davom ettirilmoqda.
Hozirgi kunda SEST kompaniyasi (Rossiya) tomonidan shartnomaga muvofiq tender hujjatlarini tayyorlash, maʼlumotlar yigʻish va loyihalash ishlari olib borilmoqda
IV. “Namangan viloyati Chust, Pop va Namangan tumanlari ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash hamda Chust va Mingbulok tumanlari kanalizatsiya tizimlarini qurish” loyihasi – umumiy qiymati 85,1 mln. dollar.
Ushbu loyiha quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
- 70,0 mln. dollar (82%) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablagʻlari;
- 15,1 mln. dollar (18%) davlat byudjeti mablagʻlari.
Loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar
Chust tumani boʻyicha:
- 11 ta suv inshootini rekonstruksiya qilish;
- 40 km yangi suv tarmoqlarini qurish;
- 60,0 km suv tarmoqlorani rekonstruksiya qilish;
- 39 km oqava suv tarmoqlarini qurish;
- 10 ming m3/sutka quvvatli oqava suv tozalash inshootini qurish.
Pop tumani boʻyicha:
- 9 ta suv inshootini rekonstruksiya qilish;
- 25 km yangi suv tarmoqlarini qurish;
- 14 km suv tarmoqlorani rekonstruksiya qilish.
Namangan tumani boʻyicha:
- 12 km yangi suv tarmoqlarini qurish;
- 30 km suv tarmoqlorani rekonstruksiya qilish.
Mingbuloq tumani boʻyicha:
- 13 km oqava suv tarmoqlarini qurish;
- 2,5 ming m3/sutka quvvatli oqava suv tozalash inshootini qurish;
- Mashina va mexanizmlarni sotib olish.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida 153,7 ming nafar aholi (64,8% dan 99,6 ming kishi; 100% gacha 153,7 ming kishi)ning ichimlik suv taʼminoti yaxshilanadi va 97,1 ming nafar aholi oqova suv taʼminotga ega boʻladi.
Loyihaning bugungi holati
Bugungi kunda loyihaning texnik-iqtisodiy asosi ishlab chiqilib, vakolatli davlat organlarining ijobiy ekspertiza xulosalari olindi. Loyihani amalga oshirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasi manfaatdor vazirlik va idoarlar bilan kelishilib, joriy yilning 20-fevral sanasida tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan (ID-24506).
V. “Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasi - umumiy qiymati 76,04 mln. dollar.
Ushbu loyiha quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirilmoqda:
- 60,0 mln. dollar (78,9%) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablagʻlari;
- 16,04 mln. dollar (21,1%) davlat byudjeti mablagʻlari.
Loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar
- Qarshi shahrida oqova suvlarni tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish/qurish;
- mavjud oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya/modernizatsiya qilish
va yangi oqova suv nasos stansiyasini tizimlarini yangilash;
- dizayn va tadqiqot ishlari, gidravlika modellashtirish, SCADA tizimini joriy yetish, maxsus uskunalar sotib olish mashina va uskunalar.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida Qarshi shahri aholisini ichimlik suvi va oqova suv taʼminoti yaxshilanadi.
VI. “Toshkent shahrida suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini modrenizatsiya qilish” loyihasi – umumiy qiymati 37,2 mln. dollar.
Ushbu loyiha quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
- 30,0 mln. doll. (80,7%) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablagʻlari;
- 7,2 mln. doll. (19,3%) davlat byudjeti mablagʻlari.
Loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar
Suv taʼminoti boʻyicha:
- suv taʼminoti tizimi samaradorligini oshirish va rekonstruksiya qilish;
- suv taʼminoti tarmoqlari uchun avtomatik klapanlarni va bosim regulyatorlarini taʼminlash va oʻrnatish;
- “Qodirya” va “Boʻz-suv” filtrlash stansiyalari va 1-chi va 2-chi koʻtarish nasos stansiyalari uchun uskunalar yetkazib berish va oʻrnatish;
- foydalanish va texnik xizmat koʻrsatish uchun uskunalar;
- suv tozalash uchastkalarida zaharliligini tahlil qilish uchun yangi laboratoriya uskunalari.
Oqava suv tizimi boʻyicha:
- kanalizatsiya tarmogʻi infratuzilmasini rekonstruksiya qilish va kengaytirish;
- KNS-3, DSK va Aeroport nasos stansiyalari uchun uskunalar yetkazib berish va oʻrnatish;
- yangi nasos stansiyasi va “Qoraqamish” kollektorida taʼminot-montaj va umumiy qurilish ishlari.
Istiqbolli loyihalar
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida ichimlik suv taʼminoti va oqova suv tizimini rivojlashtirish boʻyicha 2021-yilda umumiy qiymati
60,4 mln. dollarga teng boʻlgan 1 ta investitsiya loyihasi boʻyicha texnik iqtisodiy asoslar ishlab chiqilishi, kelishilishi va tasdiqlanishi belgilangan. Ushbu loyiha Surxondaryo viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bu “Oqtosh va Poshxurt yer osti suv manbalaridan suv quvuri qurish yoʻli bilan Surxondaryo viloyati Muzrabod tumanining suv taʼminotini yaxshilash” loyihasi boʻlib, umumiy qiymati 60,4 mln. dollarni tashkil etadi.
Loyiha 2021-2024-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ayni paytda Hukumat qaror loyihasi 2020-yil 10-dekabr kuni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan (ID-22665).