Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan xamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Sirdaryo suv taʼminoti” MCHJ Guliston shahar boʻlimi nazoratchi-inspektori E.M. fuqaro D.Q.ning xonadonining 3,7 mln soʻm ichimlik suvidan qarzdorligini yopib berish evaziga 1,7 mln soʻmni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.