Mazkur holat zudlik bilan Ekologiya vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan nazoratga olinib, o'rganib chiqildi.
O'rganish natijasida ishchi xodimga nisbatan MJtKning 72-moddasiga binoan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi.
Shuningdek, shu va shunga o'xshash holat qayta sodir etilmasligi yuzasidan fuqaroga nisbatan davlat inspektorlari tomonidan qat'iy ogohlantirish ishlari olib borildi.