Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda yirik miqdordagi firibgarlik holatiga chek qoʻyildi.

Maʼlum boʻlishicha, fuqarolar S.R. va S.Sh. oʻzaro til biriktirib, fuqaro B.M.ning ishonchiga kirgan holda, uni goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Ichki ishlar akademiyasiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilishgan.

Ushbu “xizmat” evaziga ular 12 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olinganlar. Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilarning noqonuniy harakatlari toʻliq hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.