Ichki ishlar organlarida pensiyaga chiqish uchun xizmat muddatini 25-yilga uzaytiriladimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organlarida pensiyaga chiqish uchun xizmat muddatini 25-yilga uzaytirish mumkinligi haqida axborot tarqalmoqda

    Oʻzbekiston Respublikasi IIV Moliya-iqtisod boshqarmasi mazkur xabar yuzasidan bayonot bilan chiqdi.

    "Maʼlum qilamizki, Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi “Harbiy xizmatchilarning pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 3413-son qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimning xizmat muddati kalendar hisobda 20-yilga yetganidan soʻng, oʻtagan xizmat muddati uchun pensiya olish huquqiga ega boʻlishi koʻrsatib oʻtilgan.

    Hozirgi kunda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan normativ huquqiy hujjatlarga pensiya olish uchun xizmat muddatini 25-yilga uzaytirish boʻyicha taklif yoki qoʻshimchalar kiritish koʻzda tutilmagan," deyiladi bayonotda.