podpolkovnik Maxsudov Farxodbek Turgʻunboyevich

Andijon viloyati Andijon tumani IIB boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar F.Maxsudov Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

podpolkovnik Alimov Gʻolibjon Ubaydullayevich

Andijon viloyati Jalaquduq tumani IIB boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Gʻ.Alimov Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, uyushgan jinoyatchilikka va qurol bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

podpolkovnik Qunduzov Murodjon Abdumutalib oʻgʻli

Fargʻona viloyati Oltiariq tumani IIB boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar M.Qunduzov IIV Oʻz xavfsizligi boshqarmasi Fargʻona viloyati boʻyicha boʻlimi oʻta muhim ishlar boʻyicha tezkor vakili lavozimida faoliyat yuritgan.

IIV Axborot xizmati