Ichki ishlar vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi

    Polkovnik Ayubxon Toshxo‘jayevich Rahmatullayev Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

    Ichki ishlar vazirligida soha faoliyatini takomillashtirishga oid tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.

    Shuningdek, yig‘ilishda tashkiliy masalalar ham ko‘rildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimini egallab kelgan polkovnik Ayubxon Toshxo‘jayevich Rahmatullayev O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishi bilan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti rahbari lavozimiga polkovnik Ulug‘bek Shuhratovich Toshxo‘jayev tayinlandi.