Mazkur yodgorlik majmuasining ochilish marosimida Ichki ishlar organlari xodimlari, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, Qoraqalpogʻiston xalq shoiri, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Rustam Musurmon, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori oʻrinbosari Nasiba Xoldorova va boshqalar qatnashdi.

Haykalning mazkur bogʻda oʻrnatilishi orqali nafaqat ichki ishlar xodimlari, balki Toshkent ahli va mehmonlari, ayniqsa, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targʻib qilishdan iborat.

Mazkur ijod namunasi Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining isteʼdodli haykaltaroshlari tomonidan ishlangani haqida xabar bermoqda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati.