Ichkilik oqibatida jarimaga tortilgan haydovchining mashinasi xatlandi

    Voqea-hodisalar 25 Aprel 2025 728

    Mashinasi xatlanganidan soʻng, qarzdor maʼmuriy jarima pullarini toʻliq toʻlab berdi.

    Qayd etilishicha, Andijon tumanida yashovchi huquqbuzar T.N. mast holda avtomashina boshqarib kelganligi aniqlanib, holat yuzasidan jinoyat ishlari boʻyicha Andijon tuman sudi tomonidan u ikki yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 8 500 000 soʻm jarima jazosi tayinlangan.

    Biroq, mastlik oqibatida jarimaga tortilgan fuqaro jarima pullarini oʻz vaqtida toʻlashni istamadi.

    Shu sababdan, Majburiy ijro byurosi Andijon tuman boʻlimi davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli “Damas” avtomashinasi xatlab qoʻyildi.