Bu haqda MIB maʼlum qildi.
Ish hujjatlariga koʻra, Andijon viloyatida faoliyat olib boruvchi bir nechta masʼuliyati cheklangan jamiyatlar qonunga xilof ravishda sifatsiz alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishib, naqd pulga realizatsiya qilib, soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganligi aniqlangan.
Shu sababli, jinoyat ishlari boʻyicha Zangiota tuman sudining ijro varaqasiga asosan javobgar A.A. va boshqalarga oid jinoyat ishi boʻyicha daliliy ashyo sifatida olingan 65 xil turdagi, turli hajmda boʻlgan 74 577 dona alkogol mahsulotlari yoʻq qilinishi belgilangan.
Mazkur ijro hujjatining ijrosini taʼminlash maqsadida Byuroning Andijon shahar boʻlimi tomonidan ijro harakatlari olib borilib, tegishli idora vakillari ishtirokida jami miqdori 1,6 mlrd. soʻmni tashkil etuvchi 74 577 dona alkogol mahsulotlari tegishli tartibda yoʻq qilindi.








