Ichmagan odamda mastlik holati aniqlandi

    Kanadalik 50 yoshli fuqaroga kam uchraydigan kasallik tashxisi qo'yildi.

    Ayol spirtli ichimlik ichmasa ham, boshqalar e'tiborida doimo mast holatda yurgandek tuyuladi. Tekshiruvlar natijasida buning sababi ichak mikroblari ekanligi ma'lum bo'ldi.

    Bemor ikki yil davomida yetti marta tez yordam bo'limiga yotqizilgan. U ish yoki uy ishlarini bajarishga to'sqinlik qiladigan haddan tashqari uyquchanlik va ishtahani yo'qligidan shikoyat qildi. Uning nutqi xiralashgan, qonida alkogol` miqdori oshgani aniqlangan.

    Shifokorlar ayolga alkogolli mastlik tashxisini qo'yishdi. Biroq, u umuman spirtli ichimlik iste'mol qilmasligini aytdi. Uning so'zlarini oila a'zolari ham tasdiqlashdi.

    Tekshiruvlardan so'ng ayolga “avto-pivo sindromi” tashxisi qo'yilgan. Bunday holatda, ichakdagi qo'ziqorinlar fermentatsiya orqali spirtli ichimliklarni ishlab chiqaradi.

    Diyetolog bemorga kam uglevodli parhezni tavsiya qildi. Bundan tashqari, unga antifungal dorilarning bir oylik kursi buyurilgan. Natijada simptomlar yo'qoldi, ammo ayol uglevodlarni o'z dietasiga qayta kiritishga urinib ko'rganida, holat qaytarildi.

    “Avtobioz sindromi bemorlar va ularning yaqinlari uchun jiddiy ijtimoiy, huquqiy va tibbiy oqibatlarga olib keladi”, deb ta'kidlaydi olimlar.

    Tibbiyot amaliyotida bu kabi kam sonli holatlar ma'lum. Ilgari xuddi shunday tashxis belgiyalik erkakka ham qo'yilgan edi. U haydovchi bo'lib ishlagan va mast holda mashina boshqargani uchun hibsga olingan.

    Biroq, shifokorlar unga pivo ishlab chiqarish sindromi tashxisini qo'ygani uchun Belgiya sudi uni aybsiz deb topdi. Ushbu kasallikda odam tanasi spirtli ichimliklarni o'zi ishlab chiqaradi.

    erkakni ko'rikdan o'tkazgan uch nafar tibbiyot mutaxassisi uning ushbu kasallikka chalinganini tasdiqladi.

    Zero, hayot qiziq qismat, turli sinovlarga to'la. Inson boshiga nima ish kelishini oldindan bila olmaydi. Ba'zi odamlar ilk ko'rganiga ishonib tezkorlik bilan xulosa qilishadi. Bu xayotda nafas olib, yashar ekansiz, aslo erta xulosa qilishga shoshilmang.

    Zulxumor Akbarova