D.U.ning oʻlimi sababini aniqlash yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
D.U.ning vafoti yuzasidan bir qator tergov harakatlari oʻtkazish zarurati tugʻilganligi sababli, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 206 (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) va 235 (Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.