2020-yil 22-iyul kuni soat chamasi 21:40da Qoraoʻzak tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi R.M. oʻziga biriktirilgan boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli xizmat avtomashinasini Qoraoʻzak tumani Berdax OFY hududidan oʻtuvchi “Nukus-Chimboy-Taxtakoʻpir” yoʻlida boshqarib kelayotgan vaqtida yoʻlning chetida velosiped bilan harakatlanib borayotgan Qoraoʻzak tumani S.Kamalov OFYda yashovchi 1997-yil tugʻilgan fuqaro N.A.ni urib yuborgan.
Natijada fuqaro N.A. ushbu yoʻl transport hodisasi natijasida olgan tan jarohatidan oʻziga kelmasdan vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi