Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Telegramda (Prokuratura Tartibi) nomli akkauntdan sizga yozishsa bloklang, u sizga qandaydir havola/ilova yuboradi.
Bilmasdan bosib/kirib qoʻysangiz plastik kartangizdagi barcha pullaringizni yechib olishadi va Telegram akkauntingizdan firibgarlar boshqaruviga oʻtadi.
Fuqarolardan bu kabi soxta ilovalarni yuklab olmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh boʻlishga chaqiramiz. Agar sizda ham shunday holat kuzatiladigan boʻlsa darhol 102 yoki 1102 ishonch raqamlariga murojaat qiling, — deyiladi xabarda.