Britaniya muzeyi direktori doktor Xartvig Fisherning soʻzlariga koʻra, soʻnggi oʻn yil ichida Britaniya muzeyi Iroq, Afgʻoniston, Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarga 2 500 dan ortiq buyumlarni qaytarishga yordam bergan. Masalan, 2017-yilda. Britaniya muzeyi Buxorodagi Chashmai-Ayub maqbarasidan oʻgʻirlangan koshinlarni aniqlash va muvaffaqiyatli olib kelishda yordam bergan. Oʻzbekiston tergov organlari tomonidan tekshiruv oʻtkazilganidan soʻng, ushbu oʻgʻirlikda ishtirok etgan shaxslar jazolandi. Hozirda ushbu koshin Toshkentdagi Davlat sanʼat muzeyida saqlanyapti.

Afsuski, shu yilning yanvar oyida London Xitrou aeroportida epigrafik sirlangan koshinlar partiyasi qoʻlga olinganligi haqida yana bir holat qayd etildi. Qoʻshimcha hujjatlarda ular Sharjada 315 dirhamga sotib olinganligi va sotish uchun moʻljallanganligi bildirilgan. Koshinlar Buyuk Britaniya chegara xizmati vakillari tomonidan qoʻlga olinib, ularning haqiqiy yoshi, kelib chiqqan mamlakatiga aniqlik kiritish maqsadida Britaniya muzeyiga murojaat qilingan.

COVID-19 karantin holatiga qaramay, Britaniya muzeyida dunyoning yetti mamlakati olimlari bilan maslahatlashuv kengashi tashkil qildi. Oʻzaro kengashdan soʻng koshinlar XIII asr oxiri - XIV asr oʻrtalariga oidligi hamda Samarqanddagi Shohi-Zinda yodgorlik majmuasiga tegishli ekanligi aniqlandi. Shohi-Zinda yodgorlik majmuasida bir necha bor xususan 1996, 2000 va 2004-yillarda arxeologik qazish va tiklash ishlari amalga oshirilgan.

2004-yildagi ishlar davomida ilgari majmuada mavjud boʻlgan binolardan ham, saqlanib qolgan yodgorlik inshootlaridan ham meʼmoriy bezaklarning koʻp sonli qismlari topilgan. Topilgan parchalar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutiga, Samarqand shahar tarixiy-madaniy va meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasiga, Samarqand shahri tarixi muzeyi jamgʻarmalariga oʻtkazilgan.

Ushbu ishlar davomida ilgari majmuada mavjud boʻlgan binolardan ham, saqlanib qolgan yodgorlik inshootlaridan ham meʼmoriy bezaklarning koʻp sonli qismlari topilgan. Topilgan parchalar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutiga, Samarqand shahar tarixiy-madaniy va meʼmoriy muzey-qoʻriqxonasiga, Samarqand shahridagi tarix muzeyi jamgʻarmalariga oʻtkazilgan.

Ushbu dalillar keltirilgach, koshinlarni import qiluvchi egalik huquqini talab qilmadi. Koshinlar musodara qilindi va keyinchalik Oʻzbekistonga repatriatsiya qilish uchun Britaniya muzeyiga topshirildi.

Madaniyat vazirligi rasmiy murojaat olgandan soʻng, Madaniy meros boʻlimidagi oʻzbekistonlik olimlar bilan birgalikda ushbu koshinlarning kelib chiqishini aniq joylarda oʻrganishni boshladi. Koshinlarning maʼlum bir yodgorlikka tegishliligini aniqlash uchun Samarqandga boradigan ishchi guruh tashkil etildi. Tadqiqotlar davomida koshinlar Xoʻja Ahmad maqbarasi (XIV asrning ikkinchi yarmi), nomaʼlum maqbara (1360/61) meʼmoriy bezaklariga uslubiy yaqinligi aniqlandi, ammo meʼmoriy yodgorliklardan bezak parchalarining koshinlar bilan toʻliq mos kelishi hozircha aniqlanmadi. Ayni paytda koshinlarning maʼlum bir meʼmoriy yodgorlikka tegishli ekanligini aniqlash boʻyicha ishlar davom etmoqda.

Madaniyat vazirligi ushbu koshinlarni 2020-yil dekabr oyida Britaniya muzeyida namoyish etishga rozi boʻldi. Yaqinda Britaniya muzeyi ham Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi bilan Oʻzbekistondan oʻgʻirlangan yoki sotilgan eksponatlarni aniqlash hamda ular yuzasidan maslahat berish boʻyicha hamkorlik qilish toʻgʻrisida memorandum imzoladi, deb xabar beradi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.