“III Millennialsʼ Tourism Festival 2020” xalqaro onlayn forumi boshlanadi

    Turizm 9 Sentabr 2020 5218

    Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (TSMRI), Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan “III Millennialsʼ Tourism Festival 2020” (III Milleniallar turizm festivali 2020) xalqaro onlayn forumida ishtirok etishga sizni taklif qiladi.

    Festival joriy yil 16-sentyabrda onlayn formatda boʻlib oʻtadi. Tadbir doirasida MICE turizm sanoati hamda moda turizmi boʻyicha davra suhbati, TSMRI moda mahsuloti va uning targʻiboti fakulteti hamda gastronomiya turizmi taqdimotlari va gala-konsert boʻlib oʻtadi.

    Onlayn turizm forumida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xususiy turizm tashkilotlari Assotsiatsiyasi vakillari, Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, AQSH, Janubiy Koreya va MDH mamlakatlari xalqaro ekspertlari, turizm sohasi vakillari, shuningdek, turizm sohasini oʻqitish va rivojlantirish boʻyicha faoliyat olib boruvchi milliy va xalqaro universitetlar vakillari ishtirok etadi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

    Shuningdek xabarda anjumanga https://mdis.zoom.us/j/87171120366 ID raqami: 871 7112 0366 havola orqali oʻtish mumkinligi;

    anjumanning boshlanish vaqti: soat 12:00 ekanligi, hamda anjumanda tezis yoki maqola bilan ishtirok etishni istaganlar https://lnkd.in/ghjrcGN havolaga murojaat qilishi kerakligi;

    turizm tadbiri haqida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun TSMRI xalqaro taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish boʻlimining +998 71 271 77 01, +998 97 138 33 81 telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilishi yoki iem@mdis.uz va conference@mdis.uz elektron pochta manzillari orqali bogʻlanish mumkinligi koʻrsatilgan.