Mazkur holat tegishli tartibda hujjatlashtirilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan. Bu haqda IIV Axborot xizmati rahbari Sh.Gʻiyosov maʼlum qildi.

Haydovchi H.A. ga nisbatan Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hamda u JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida” gi qonuniga muvofiq, xodimlarga, jinoyatlarga va maʼmuriy huquqbuzarliklarga chek qoʻyish uchun jismoniy kuch, maxsus texnika vositalari yohud qurol ishlatish vakolati berilgan.