Xabarda Oʻzbekistonda videolarga layk bosish va izoh yozish orqali pul topish aytiladigan XCM moliyaviy piramidasi tobora ommalashib borayotgani va bu “tuzoqqa” IIO xodimlari ham tushib, uning yoyilishida hissa qoʻshayotgani aytilgan.

Hozirda pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat amalga oshirilganligi, shuningdek bu orqali jismoniy va yuridik shaxslarga zarar yetkazilganligi holati boʻyicha oʻrnatilgan tartibda surishtiruv harakatlari olib borilayotgani maʼlum qilindi.

Bundan tashqari, ichki ishlar organlari xodimlarining ushbu platformani targʻib qilishida ishtiroki boʻyicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.