Ko‘pchilik g‘arazgo‘ylar ushbu maqsadlar uchun Telegram messenjeridan foydalanadilar. Poytaxt aholisi, jurnalistlar va blogerlar bir necha marotaba ichki ishlar organlari axborot xizmatlariga turli binolar devorlariga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni tarqatishda qatnashganlar tomonidan qoldirilgan grafiti fotosuratlarini bot yoki Telegram-kanalga havola bilan yuborishgan. Tezkor xodimlar taqiqlangan moddalarni sotadigan saytlarni yashirin reklama qilish holatlariga duch kelishdi.

Bu kabi har bir xabarni tekshirish juda mashaqqatli va murakkab ishdir, chunki ushbu platformada maxfiy suhbat imkoniyati mavjud va trafikni shifrlashdan foydalaniladi. Biroq, Ichki ishlar organlari tezkor xodimlari jinoyatchilarni aniqlashga muvaffaq bo‘lmoqdalar.

Natijada, yil boshidan beri turli xil ijtimoiy tarmoqlar va tezkor xabarlar orqali devorlarga chizib ketilgan 70 dan ortiq reklama elektron manzillari o‘chirtirildi.

Axborot xizmatiga tez-tez kelib tushadigan savollardan biri: agar «giyohvandlik vositalari yoki psixotrop dilerlar» graffitini ko‘rib qolishsa, nima qilish kerak? Bunday holda «e’lon»ni suratga olish, fotosuratni huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirish va yozuvni o‘zini o‘chirish to‘g‘ri bo‘ladi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari graffiti «manzilini» tekshiruvga olishadi, siz esa uni o‘chirib tashlash orqali nafaqat tajovuzkorlarning harakatlarini bekor qilasiz, balki birovning hayotini saqlab qolasiz, - deyildi IIV Axborot xizmati murojaatida.