Stipendiya uchun tanlov ikki bosqichda — test sinovi va suhbat tarzida o'tkaziladi. Birinchi bosqichda nomzodlar o'zbek adabiyotining atoqli namoyandalari, xususan, Abdulhamid CHo'lponning hayoti va ijodi haqida bilimlarini sinovdan o'tkazadilar. Kursantlarning nafaqat badiiy adabiyotga oid, balki kasbiy ko'nikmalarini mustahkamlash maqsadida ularga ichki ishlar organlari tizimini isloh qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar bo'yicha test savollari ham beriladi. Test sinovlarida har bir o'quv kursidan eng yuqori ball to'plagan o'n nafar nomzod keyingi bosqichga yo'l oladi.

Ikkinchi bosqichda maxsus ishchi komissiya nomzodlar bilimini ularning savollarga bergan javoblari asosida baholaydi. Bunda talabgorlarning o'qishi, hulqi, axloq-odobi, jamoat ishlaridagi ishtiroki, topshirgan test sinovlari hamda suhbat natijalari umumlashtiriladi hamda har bir kursdan eng yuqori ballga ega bo'lgan bir nafardan g'olib aniqlanadi.

CHo'lpon stipendiyasi tanlovi har yilning avgust oyida o'tkaziladi. G'oliblar 1 sentyabr` – Mustaqillik bayrami arafasida IIV Akademiyasi rahbariyati tomonidan tantanali ravishda taqdirlanadi va ularga yangi o'quv jarayonining boshlanishi bilan bir yil davomida ushbu stipendiya byudjetdan tashqari mablag'lar hisobiga to'lab boriladi.