Bu haqda vazirlik axborot xizmati maʼlum qildi.

Kuchaytirilgan xizmat tartibidan koʻzlangan maqsad yurtimizdagi noqulay ob-havo sharoitini inobatga olgan holda, fuqarolarning osoyishtaligini taʼminlash, hayoti va sogʻligʻi hamda mulkini himoyalash, shuningdek, qiyin vaziyatlarda koʻmak koʻrsatishga qaratilgan.

“Oʻzingizga yoki yaqinlaringizga nisbatan har qanday tahdidli vaziyatlarda, xonadonda, koʻchada yoki yoʻllarda boʻlishingizdan qatʼiy nazar Ichki ishlar organlariga 102, 1102 va 1173 qisqa raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.