Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari polkovnik B.Abdullayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktorining birinchi oʻrinbosari Sh.Rizayevlar tomonidan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Uchrashuv davomida tomonlar huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, bartaraf etishga qaratilgan ibratli qisqa videoroliklar va badiiy filmlarni muntazam ravishda suratga olishni yoʻlga qoʻyish borasida suhbatlashishdi.

Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan hamkorlik munasabatlari kelishib olindi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi Bosh boshqarmasiga profilaktika xizmatining barcha qilingan ishlari boʻyicha Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda film ishlab chiqish tavsiya etildi.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati