Bu haqda “Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida”gi Hukumat qarori (431-son 09.07.2020-yil) qabul qilindi.
Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandining yettinchi xatboshisiga quyidagilar qoʻshimcha qilindi:
“Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyat markazlari maʼmuriy chegaralariga bevosita yaqin joylashgan, bir garnizon hududiga kiruvchi tuman ahamiyatiga ega aholi yashash punktlaridagi harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchilariga, ushbu shaharlar (poytaxt va viloyat markazlari) yaqinida turar joyni ijaraga olganligi (ijarada turganligi) uchun pul kompensatsiyasi, kommunal xizmatlar haqqidan tashqari haqiqatdagi sarf-xarajatlari doirasida, harbiy xizmatchi haqiqatda yashayotgan hududiy birlik uchun belgilangan miqdorlarda toʻlanadi”.
Eslatib oʻtamiz, mazkur qarorning beshinchi va oltinchi xatboshisida quyidagilar belgilangan edi:
- oila aʼzolari uch kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda (harbiy
- amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oldingi yashash joyida
xizmatchining oʻzini hisoblamagan holda) ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi. Bunda harbiy xizmatchining harbiy xizmatni oʻtash joyiga kelgan oila aʼzolari: xotini (eri), ularning bolalari va ota-onalari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga oluvchining oila aʼzolari deb eʼtirof etilgan boshqa shaxslar hisobga olinadi;
uy-joy maydonini bron qilgan va bron qilingan uy-joy maydoniga uy-joy maydoni bilan taʼminlanmagan boshqa harbiy xizmatchilarni joylashtirgan, yoxud uy-joy maydonini ushbu maqsadlar uchun Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralarining kvartira organlariga bergan harbiy xizmatchilarga ham pul kompensatsiyasi mana shu miqdorlarda toʻlanadi.