Ijodiy tanlov gʻoliblari aniqlandi

    Toshkentda “Bir makon, bir yoʻl”ni qurish, insoniyatning yagona taqdiri hamjamiyatini barpo etish: Oʻzbekistondan nazar” publitsistik tahliliy maqolalar tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

    “Fargʻona haqiqati” – “Ferganskaya pravda” gazetalari tahririyati maʼlum qildi.

    Maʼlum qilinishicha, tahririyat tomonidan oʻtgan yilning oktyabr oyida mazkur ijodiy tanlov eʼlon qilingan boʻlib, tanlovga 40ga yaqin maqolalar kelib tushdi va ularning aksariyati chop etildi. Maqolalarda ikki mamalakat — Oʻzbekiston va Xitoyning siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalari rivoji “Bir makon – bir yoʻl” tashabbusi doirasida tahlil qilingan.

    Tadqirlash marosimida tanlov uchun taqdim etilgan videoroliklar namoyish qilindi. Gʻoliblar Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Fargʻona viloyat boʻlimi, “Fargʻona haqiqati” – “Ferganskaya pravda” gazetalari tahririyati hamda Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan taqdirlandi.