Toshkent shahar Uchtepa tumani MTB boʻlimi tassarufidagi DMTT direktorlari oʻrtasida “Ijodkor rahbar” koʻrik tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi. Ushbu koʻrik tanlovda 341- DMTT rahbari Kimyo Abdullayeva gʻolib deb topildi va shahar bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Kimyoxon Abdullayeva rahbarlik qiladigan Toshkent shahar Uchtepa tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 341-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida jajji bolajonlarga har xil oʻyinlar yoki, noanʼanaviy boʻlmagan usulda rasm chizishni oʻrgatish orqali bolajonlarning maktabgacha yoshidanoq ularning aqlini charxlash, bolalarni fikrlashga oʻrgatish namunali yoʻlga qoʻyilgan.
Kimyoxon Abdullayeva ijodkor rahbar, noanʼanaviy usullarda bir necha yoʻnalishlarda rasmlar chizadi va begʻubor bolalar bilan birga turli yoʻnalishlarda ijod qilishdan zavq oladi.
Ushbu 341 MTTda barmoqlar, paxta kurtaklari, qattiq yarim quruq choʻtka, muhrlar, sham va akvarellar, purkagichlar bilan naychali klyaksografiya usulida, monotipiya-iplar bilan chizish va yana koʻp narsalar stencil ustida chop etish usullari bolajonlarning sevimli mashgʻulotiga aylangan.
—“Anʼanaviy usulda rasm chizishning koʻplab usullari mavjud. Anʼanaviy boʻlmagan usulda rasm chizish texnikasining oʻziga xosligi shundaki, bu yoʻnalish bolalarning kerakli natijaga tez va qiziqarli tarzda erishishiga imkoniyat yaratadi. Anʼanaviy usulda rasm chizish bolani choʻtka, boʻyoqlar, qalam va markerlar bilan toʻgʻri ishlashga oʻrgatadi, turli shakllarni oʻrganish va chizish, ranglarni ajratib olishni oʻrgatsa, noanʼanaviy chizmachilik texnikasi bolalardagi ijodiy, hissiy jihatdan barqaror, oʻz qobiliyatlariga ishonchli, tashabbuskor boʻlishga yana-da yordam beradi, ularda tasavvur va ijodiy fikrlashning rivojlanishini, tashabbuskorlik va mustaqillikning namoyon boʻlishini, bolaning oʻziga xosligini shakllantiradi. Bunday chizish jarayonida tarbiyachi oʻz kuzatuvlarini bemalol olib boradi. Shuningdek bolada sanʼat va goʻzallikning individual idrokini shakllantiradi, chiroyli narsalarni yaratishga harakat qiladi, bolalarning ijobiy his-tuygʻularni toʻgʻri rivojlantiradi. Bunday usulda ishlash, tarbiyachi uchun ham, bolalar uchun ham maroqli hordiq kabi boʻlishi kerak, bolani majburlash kerak emas. Shuningdek, noanʼanaviy usulda rasm chizish bolaning original gʻoyalari, tasavvurlari, ijodkorligi, barmoqlarining nozik vosita qobiliyatlari, mustaqilligini rivojlantirishga yordam beradi. Har bir bolaga, hattoki kattalarga ham, barmoqlarni qogʻozga chizish va kulgili chizilgan rasmni olish qiziq emas deb oʻylayman. Bunda bolaning ijodiy ishini qoʻllab-quvvatlash va uning “ijodi”ning natijalarini ijobiy baholash muhimdir”—deydi 341 -MTT rahbari Kimyoxon Abdullayeva.
Biz chinakkam ijodkor rahbarning tanlovning kelgusi bosqichlarda ham muvaffaqiyatlar qozonishga tilakdoshmiz.