Oʻzbekiston Badiiy akademiyasida Badiiy akademiyaning yangi tasdiqlangan haqiqiy aʼzolariga aʼzolik guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtadi.
2023-yilda, Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi direktori, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori, sanʼatshunoslik fanlari doktori Kamola Akilova, ushbu institut professori, mahobatli rangtasvir rassomi Alisher Aliqulov, Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi, rangtasvirchi rassom Ibrohim Valixoʻjayev, Badiiy ijodkorlar uyushmasining Samarqand viloyat boʻlimi aʼzosi, rangtasvirchi rassom Nuriddin Kalonov, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, rangtasvirchi rassom Imyar Mansurov, Milliy rassomlik va dizayn instituti professori, rassom Muhammatxon Nuritdinov, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzolari etib tasdiqlandi.
Jumladan, Milliy rassomlik va dizayn instituti professori, rangtasvirchi rassom, haykaltarosh Damir Roʻziboyev, П.Беньков nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi rangtasvir fani oʻqituvchisi, rangtasvirchi rassom Jamol Usmonov, Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, haykaltarosh Azamat Hotamovga ham akademiklik guvohnomalari topshirildi.