Qibray tuman tibbiyot birlashmasida tumandagi ijtimoiy yordamga muhtoj, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "YOshlar daftari"ga kiritilgan 50 nafar fuqaroga O'zbekiston-SHveytsariya hamkorligida tashkil etilgan "SWISS LAB" laboratoriyasida skrining tekshiruvidan o'tishlari uchun yo'llanma(vaucher)lar taqdim etildi.
Xususan ushbu vaucherlar orqali fuqarolar kardiologik,urologik va terapevtik yo'nalishlar bo'yicha tibbiy tekshiruvlardan o'tish imkoniyatiga ega bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi Innovatsion sog'liqni saqlash milliy palatasi Toshkent viloyati hududiy bo'linmasi tomonidan taqdim etilgan ushbu vaucherlarning har biri 700 ming so'mni tashkil etadi.
Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati