баннер
29 Mar 2025
05:36

    Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning roʻyxatlari shakllantiriladi

    Endilikda har oyda reja-grafik asosida hududlarda ishlar tashkil etiladi, ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlarning roʻyxatlari shakllantirilib, xotin-qizlarning muammolarini hal etish choralari koʻrib boriladi.

    AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva xotin-qizlarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

    Mutaxassisga koʻra, 2025-yil davomida kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning roʻyxatlarini shakllantirish, xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish va hal etish choralarini koʻrish boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosari-Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi boshchiligidagi ishchi guruh tarkibi hamda hududlarda oʻrganish ishlarini olib borish reja-grafigi tasdiqlandi.

    Endilikda har oyda reja-grafik asosida hududlarda ishlar tashkil etiladi, ijtimoiy yordamga muhtoj xotin-qizlarning roʻyxatlari shakllantirilib, xotin-qizlarning muammolarini hal etish choralari koʻrib boriladi.

    Xotin-qizlar oʻrtasida va oila-turmush munosabatlari doirasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish boʻyicha “Xoʻjayli tajribasi” yaratilib, respublikaning barcha hududlariga tatbiq etildi.

    Shuningdek, Pillachilik sohasida ishlash istagida boʻlgan xotin-qizlarni qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitish va ularning ushbu sohada bandligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, barcha hududlarda ijroga qaratildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech