Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan shu yilning 1-yarim yilligida ijtimoiy nafaqalar uchun ajratilgan mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
Ijtimoiy nafaqalar toʻlangan jami mablagʻlarning:
— 55,5% — Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam;
— 40,2% — Ijtimoiy nafaqalar uchun (yoshga doir, nogironlik, 18 yoshgacha nogironlik, parvarishlash va boquvchisini yoʻqotganlik);
— 4,1% — Bir martalik nafaqa toʻlovlari uchun (suyunchi va dafn nafaqalari);
— 0,1% — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam;
— 0,1% — Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga moddiy yordamlarni tashkil etadi.
Eslatib oʻtamiz: Ijtimoiy nafaqalar tayinlanish tartibi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.