Shu munosabat bilan 2021-yil 16-avgustda “Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan Energetika vazirligi bilan hamkorlikda “Angren koʻmir koni”ga press-tur oʻtkazildi.
“Oʻzbekkoʻmir” AJ tomonidan joriy yilda tasarrufdagi konlardan 4,45 million tonna koʻmir qazib olish, isteʼmolchilarga 4,8 million tonna koʻmir yetkazib berish rejalashtirilgan. Jumladan, issiqlik elektr stansiyalariga – 3,3 million tonna, aholiga – 985 ming tonna, ijtimoiy soha tashkilotlariga – 450 ming tonna, iqtisodiyotning real sektoriga – 0,1 million tonna.
Yilning oʻtgan yetti oyi davomida konlardan 2,6 million tonna koʻmir qazib olindi. Bu rejaga nisbatan 100,4 foizni tashkil qiladi. 16-avgustda ijtimoiy soha obyektlariga moʻljallangan koʻmirning soʻnggi tonnalari vagonlarga yuklanadi.
Isteʼmolchilarga koʻmir yetkazib berish uchun yoqilgʻini qazib olishning oʻzi kifoya qilmaydi. Koʻmirni saralash, yuklash, joʻnatishdek murakkab jarayonlar ham borki, ularni takomillashtirmay turib, isteʼmolchini rozi qilish mumkin emas.
“Angren” koʻmir konida masalaning ana shu jihatiga ham alohida eʼtibor qaratila boshlandi.
16-boʻlimda yangi koʻmir yuklash punkti qurib ishga tushirildi. Natijada byudjet tashkilotlari uchun sutkasiga 5 ming tonnagacha yoqilgʻi yuklash imkoniyati vujudga keldi.
Mutaxassisning gaplariga koʻra, shu paytgacha konda atigi ikkita koʻmir yuklash punkti mavjud boʻlib, barcha isteʼmolchilarga mahsulot ana shu punktlardan yuklanar edi. Bu hol ish jarayonida tigʻizlikni keltirib chiqarar, boz ustiga mahsulot konveyerdan-konveyerga oʻtib, sifatiga ham salbiy taʼsir koʻrsatar edi.
Yuklash jarayonidagi yangilikning afzalligi shundaki, koʻmir zaboydan avtomobil transportida yangi punktga olib kelinyapti va toʻgʻridan-toʻgʻri vagonlarga yuklanyapti. Bunda vaqt tejalyapti, mahsulot sifati ham yaxshi saqlanadi.
Eʼtiborlisi, yangi punktda koʻmir faqat ijtimoiy soha obyektlari va aholi ehtiyojlari uchun yuklanadi. Bu esa, vagonlarning uzoq turib qolishining oldini oladi va isteʼmolchilar uchun mahsulotni oʻz vaqtida yuklab joʻnatish imkonini beradi.
Koʻmir konida kon texnikalaridan unumli foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish ham belgilangan rejalar bajarilishida muhim omil boʻlyapti.
Koʻmir mahsuloti isteʼmolchilarga “Koʻmir taʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi 96 ta hududiy koʻmir omborlari orqali tarqatilyapti, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati
“Oʻzbekkoʻmir” AJ Axborot xizmati bilan hamkorlikda.
Joriy yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik tadbirlariga respublika vazirliklar va idoralari, mahalliy hokimliklar ham bu gal har qachongidan koʻra barvaqt kirishdilar. Natijada byudjet tashkilotlari bilan koʻmir mahsulotlar yetkazib berish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar imzolandi. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan vagonlar oʻz vaqtida yetkazib berilyapti. Energetika vazirligi koʻmir yetkazib berish boʻyicha hukumat tomonidan tasdiqlangan rejalarning oʻz vaqtida sifatli bajarilishi uchun barcha zarur yordamlarni koʻrsatyapti. Natijada respublika umumtaʼlim maktablarini 241,5 ming tonna, maktabgacha taʼlim muassasalarini 87,8 ming tonna, sogʻliqni saqlash muassasalarini 64,8 ming tonna, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarini 6,3 ming tonna, madaniyat muassasalarini 6,3 ming tonna, turizm obyektlarini 3,7 ming tonna koʻmir bilan 1-sentyabrga qoldirmay, muddatidan avval toʻla taʼminlashga erishildi.
Ayni kunlarda respublika aholisini koʻmir bilan taʼminlash ishlari ham boshlab yuborildi. Joriy yil kuz-qish mavsumi uchun respublika aholisiga 985 ming tonna koʻmir yetkazib beriladi. Aholi uchun moʻljallangan koʻmirning 705 tonnasi mahalliy, 280 ming tonnasi import koʻmirni tashkil etadi.