“Tashabbusli byudjet”da gʻolib boʻlolmagan 1309 ta loyiha uchun ham 1,3 trln soʻm pul ajratilmoqda

    Mamlakatimizda 10 Aprel 2023 2573

    “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2023-yil 1-mavsumida ishtirok etib, har biri 2 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib deb topilmagan 1 309 ta loyihani amalga oshirish uchun qoʻshimcha 1,3 trln. soʻm mablagʻ ajratiladi.

    Bunda, qoʻshimcha 1 182 ta mahalla boʻyicha 4,3 mln. nafar fuqaro ovoz bergan loyihalar amaliyotga tatbiq etiladi.

    Shuningdek, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport muassasalarini taʼmirlash va moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda boshqa yoʻnalishlar boʻyicha har biri 1,5 mingdan ortiq ovoz toʻplagan, lekin gʻolib boʻlmagan loyihalar tahlili oʻtkazilib, 2024-yil uchun budjet soʻrovida ularni taʼmirlash, jihozlash va xarid qilish xarajatlarini roʻyxatga kiritish koʻzda tutiladi.

    Natijada, respublikamizdagi 164 ta maktab, 30 ta bogʻcha va 32 ta tibbiyot muassasalarida taʼmirlash, jihozlash va boshqa loyihalarda belgilangan ishlarni amalga oshirish uchun 304,6 mlrd. soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi.