Maʼlum qilinishicha, 2023-yilning 27-oktyabrdan 28-oktyabrga oʻtar kechasi “Andijon viloyat ruhiy sogʻliqni saqlash” dispanseri kichik tibbiy xodimi U.Sh. bemor M.S. ga qoʻpol munosabatda boʻlganini qayd etdi.
Mazkur holat yuzasidan tibbiyot muassasasi tomonidan oʻrganish oʻtkazilib, 28-oktyabrdagi 166-sonli buyruqqa asosan U.Sh. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Andijon shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.