Aylanib qaytishayotgan vaqtida katta farzandi avtomobil yo‘liga yugurib chiqayotgan vaqtida, otasi uni ushlab qolish uchun qo‘l uzatgan. Shu vaqtda otasining qo‘li o‘g‘lining burun qismiga tegib ketib, qon oqib ketgan.
Shundan so‘ng, farzandiga katta yo‘lga chiqmaslikni uqtirayotgan ota atrofdagilar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatildi.
O‘rganish davomida voyaga yetmagan bolaning onasi ham ko‘rsatma berib, turmush o‘rtog‘i tomonidan muqaddam farzandlarini urish, tazyiq o‘tkazish holatlari sodir bo‘lmaganligini ma’lum qilgan.
Internet orqali tarqatilgan talqinlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.