2020-yil 9-iyul kuni 26 yoshli M.E., “odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmogʻi orqali “Shoxista Toxirova” nomli profil egasi goʻyoki oʻzini Andijon viloyati Marxamat tumanida yashovchi “Shoxista” ismli qiz sifatida tanishtirib, M.E., unga rasmlarini yuborganidan soʻng, 5.000.000 soʻm pullarni M.E., bank orqali u aytgan plastik karta hisobiga tashlab bermasa, internet tarmogʻida sharmanda qilishini aytib, 5.000.000 soʻm pullarni talab qilgan.
Samarqand viloyati IIB tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, “odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmogʻidagi “Shoxista Toxirova” nomli profil egasi aslida Samarqand tumanida yashovchi 44 yoshli F.X., ekanligi aniqlanib, M.E.,dan talab qilingan puldan maʼlum bir qismini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati