Ushbu holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan zudlik bilan choralar koʻrilib avtomashina haydovchisi aniqlanib holatga oydinlik kiritildi.

"Avtomashina haydovchisi Guliston shahrida yashovchi 1988-yilda tugʻilgan fuqaro A.A joriy yilning 28-noyabr kuni oʻziga qarashli fermadan yashash xonadoniga itini olib ketish maqsadida avtomashinasini yukxonasiga joylab olib ketayotgan vaqtda iti avtomashina yoqilgʻi quyish baki qopqogʻidan boshini chiqarib olgan holatida ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan suratga olinib notoʻgʻri talqin qilinib tarqatilgan.

Holat yuzasidan masʼul xodimlar tomonidan haydovchiga profilaktik tushuntirishlar berilib, xavfsizlik qoidalariga amal qilishlik yuzasidan ogohlantirildi, — deyiladi bayonotda.