Unga ko‘ra, mazkur holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan o‘rganildi. Internetda tarqatilgan ushbu xabar mazmunan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Aniqlanishicha, 20 fevral kuni 3 nafar ayol hasharotlarga qarshi dori vositalarini sotish maqsadida Ohangaron shahriga borgan.
Jarayonda ularning xatti-harakatidan mahalliy aholi shubhalanib (ayollar bola o‘g‘irlashmoqchi izohi bilan videoga olib), hududiy IIBga xabar berganlar.
IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan surishtiruv davomida ayollarning shaxsiga aniqlik kiritilib (1985 y.t. D.Sh. va M.K. hamda D.Q., Toshkent shahrida yashovchilar), faoliyatini o‘rganish uchun soliq organi jalb qilingan.