Shu munosabat bilan Xalq banki axborot xizmati vaziyatga oydinlik kiritdi:
Qarorga muvofiq, bir martalik moddiy yordam pullari faqatgina yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila aʼzosiga hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarni parvarishlash nafaqasini oluvchilarga beriladi.
Bank filiallari oldida toʻplanishga hojat yoʻq. Moddiy yordam pullari belgilangan grafikka koʻra hududlarda tarqatiladi yoki plastik kartalarga tushirib beriladi.