Uchqoʻrgʻon tumani xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchilari hamda tumandagi iqtidorli oʻquvchilari bilan Qirgʻiziston Respublikasi Jalolobod viloyati, Shamaldisay tumanidagi Frunze nomidagi 8-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchilari ishtirokida ZOOM dasturi orqali “Kelajakdagi kasbim” mavzusida xalqaro seminar oʻtkazildi.

Maktab direktori Akbermet Azimqulova, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Milena Kajormaliyeva, tashkilotchi Olesya Usenbayeva, ijtimoiy soha pedagogi Toktobubu Kachkinbayeva, maktabning 10- va 11-sinf oʻquvchilari ZOOM dasturi orqali seminarda ishtirok etishdi.

Seminar davomida oʻquvchilarimiz rus va ingliz tilida onlayn suhbatlashdilar, bir-birlari bilan fikr almashdilar. Fan va taʼlim sohasidagi izchil islohotlar xususida batafsil maʼlumot berildi. Muloqot soʻngida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni faollashtirish, kelgusida ikki tomonning mavjud salohiyatidan unumli foydalanish hisobiga hamkorlik koʻlamini yana-da kengaytirishga kelishib olindi.
Namangan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi
Axborot xizmati.